Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NEMIS TILINI IKKINCHI CHET TILI SIFATIDA O‘RGATISHDA KOMPENSATOR KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI

Kompensator kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, ikkinchi chet tili, nemis tili, pedagogik yondashuv, til o‘rganish strategiyalari.

Mualliflar

  • Sohiba ZAKIROVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan

Maqolada ikkinchi chet til sifatida nemis tilini o‘rgatishda kompensator kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning zamonaviy
pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda talabalarning nutqiy vaziyatlarda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni engib o‘tish
ko‘nikmalari, turli verbal va noverbal strategiyalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, kommunikativ kompetensiya
nazariyasi, uning asosiy tarkibiy elementlari va o‘qituvchi hamda o‘quvchining roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari kompensator
kompetensiyaning til o‘rganish samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi va zamonaviy metodik yondashuvlarni amaliyotga
tatbiq etish imkoniyatlarini belgilaydi.