Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA CHOY O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TARIXIDAN

choy, Xitoy, Turkiston general-gubernatorligi, choy urug‘lari, choy o‘simligi butalari

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekistonda choy o‘simligini yetishtirish uchun qilingan sa’y-harakatlar arxiv manbalari, ommaviy axborot
vositalari hamda manbalar asosida o‘rganilgan. Unda XIX asr oxirida Turkiston general-gubernatorligida choy yetishtirish uchun
Xitoydan choy o‘simligi urug‘lari va butalari keltirilganligi va ularni turli hududlardagi tajriba maydonlariga hamda mashhur
savdogarlarga bo‘lib berilganligi, ammo bu urinishlar besamara ketganligi yoritilgan. Shuningdek, XX asrning o‘rtalarida
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan choyni yetishtirishga urinishlarning ikkinchi bosqichi boshlanib, bunda Toshkent va
Samarqand viloyatlarida turli tajribalar olib boriladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda choy yetishtirish bo‘yicha Choyni
rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilgan bo‘lib, hukumat qarorlari asosida O‘zbekistonni ham choy
yetishtiruvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shish maqsadida turli loyihalar amalga oshirilmoqda