Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TEMURIYLAR DAVRI QOʻLYOZMA MANBALARI: YARATILISH ANʼANALARI VA TARIXIY AHAMIYATI

Temuriylar davri, qoʻlyozma manbalar, kitobat sanʼati, hattotlik, miniatyura, muqovasozlik, Samarqand qogʻozi, kodikologiya, konservatsiya, restavratsiya.

Mualliflar

  • Nodira SAIDOVA Kamoliddin Behzod nomidagi, Milliy rassomlik va dizayn instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Maqolada 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-son qarori[13] doirasida Temuriylar davri qoʻlyozma manbalarining yaratilish anʼanalari
hamda ularning tarixiy-madaniy ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Kitobat jarayoni ishtirokchilari faoliyati yoritilib, OʻzR FA
Sharqshunoslik instituti fondidagi ayrim qoʻlyozmalar kodikologik jihatdan tadqiq etiladi. Natijalar Temuriylar davrida kitobat
sanʼatining yuksak darajada rivojlanganini koʻrsatadi hamda ushbu manbalarni ilmiy oʻrganish, konservatsiya va restavratsiya
ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini asoslaydi.