Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TURONNING TOG‘-KONCHILIGI TARIXI: AYRIM YOZMA MANBALAR TAHLILI (ENG ESKI CHOG‘LAR – MILODIY 8-YUZYILLIKLAR BOSHI)

mixxat, Misr iyerogliflari, yunon-rum manbalari, lojuvard, feruza, smaragdos, kyanos, kallaina, neft, Turon, Ikki daryo oralig‘i, Oshshur

Mualliflar

  • Ortiq ELMURATOV Tayanch doktorant, O‘z FA Tarix instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada Turon hududining qadimdan tog‘-konchilik, xomashyo ishlab chiqarish va savdo tizimida tutgan o‘rni yozma manbalar
asosida tahlil qilingan. Turon hududi qadimdan qimmatbaho toshlar va metallarga boy yirik xomashyo hamda ishlab chiqarish markazi
sifatida tarixiy ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, ushbu hududning tog‘-konchilik va savdo tizimidagi o‘rni ayrim yozma manbalar –
mixxat hujjatlari, Misr iyeroglif matnlari, qadimgi yunon-rum manbalari asosida tahlil qilinadi. Manbalarda lojuvard, oltin, kumush, qalay
va boshqa xomashyolarning qayd etilishi hududning “eksport”ga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.