Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANLARIDA FALSAFIY-PSIXOLOGIK VA MIFOLOGIK MOTIVLAR RIVOJI

roman janri, badiiy tafakkur, evolyutsiya, o‘zbek adabiyoti, ingliz adabiyoti, realizm, modernizm, postmodernizm, psixologizm, mifologik motivlar.

Mualliflar

  • Axmad BAISOV Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti v.b., PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada roman janrining tarixiy shakllanish jarayoni, uning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi hamda o‘zbek va ingliz
adabiyotidagi rivojlanish xususiyatlari qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda roman janrining og‘zaki ijod va
epik an’analardan boshlangan shakllanish ildizlari, keyinchalik yozma adabiyotda mustaqil janr sifatida qaror topishi va turli
davrlarda ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy omillar ta’sirida yangilanib borishi yoritilgan. Shuningdek, realizm, modernizm va
postmodernizm bosqichlarida roman janrining mazmuniy va shakliy o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek
romanchiligining milliy ildizlari, jadidchilik davri, sovet davri va mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti hamda ingliz romanchiligining
jahon adabiyotidagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari roman janrining universalligi, moslashuvchanligi va
badiiy tafakkur rivojidagi muhim ahamiyatini asoslab beradi