Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OILAVIY ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARDA IJTIMOIY STIGMANING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

oilaviy zo‘ravonlik, ijtimoiy stigma, psixologik xususiyatlar, ayollar psixologiyasi, travma, depressiya, xavotir, ijtimoiy izolyatsiya, stereotiplar, ijtimoiy moslashuv, psixologik yordam, stigma reduksiyasi.

Mualliflar

Mazkur maqolada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollarda ijtimoiy stigma fenomenining psixologik xususiyatlari kompleks
tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda stigma tushunchasining mazmuni, uning shakllanish omillari hamda zo‘ravonlik qurboni
bo‘lgan ayollarning psixik holatiga ta’siri ilmiy-nazariy va empirik jihatdan yoritilgan. Xususan, jamiyat tomonidan qo‘yiladigan
stereotiplar, ijtimoiy rad etilish, ayblash va uyat hissining shakllanishi ayollarning o‘z-o‘zini baholash darajasi, ruhiy barqarorligi
hamda ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada ijtimoiy stigma natijasida yuzaga
keladigan depressiv holatlar, xavotir, ijtimoiy izolyatsiya va travmatik tajribalar chuqur tahlil qilinadi.