Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANLARIDA FALSAFIY-PSIXOLOGIK VA MIFOLOGIK MOTIVLAR RIVOJI

roman janri, badiiy tafakkur, evolyutsiya, o‘zbek adabiyoti, ingliz adabiyoti, realizm, modernizm, postmodernizm, psixologizm, mifologik motivlar.

Mualliflar

  • Axmad BAISOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti v.b., PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada roman janrining tarixiy shakllanish jarayoni, uning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi hamda o‘zbek va ingliz adabiyotidagi rivojlanish xususiyatlari qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda roman janrining og‘zaki ijod va epik an’analardan boshlangan shakllanish ildizlari, keyinchalik yozma adabiyotda mustaqil janr sifatida qaror topishi va turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy omillar ta’sirida yangilanib borishi yoritilgan. Shuningdek, realizm, modernizm va postmodernizm bosqichlarida roman janrining mazmuniy va shakliy o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek romanchiligining milliy ildizlari, jadidchilik davri, sovet davri va mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti hamda ingliz romanchiligining jahon adabiyotidagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari roman janrining universalligi, moslashuvchanligi va badiiy tafakkur rivojidagi muhim ahamiyatini asoslab beradi.