Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ISPAN TILI FRAZEOLOGIYASINING LINGVOMADANIY VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

struktur-semantik, kognitiv, diskursiv strategiyalar, milliy-madaniy kod

Mualliflar

  • Umida DUSHAYEVA, PhD, dotsent, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur tadqiqotda ispan tili frazeologik birliklarining struktur-semantik, kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari frazeologiya kommunikativ iqtisod va ekspressivlikni ta’minlovchi mexanizm ekanini ko‘rsatadi. Mazkur maqolada ispan tili frazeologik birliklarining (FB) struktur-semantik, kognitiv-pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarning konseptual metafora va metonimiya mexanizmlari orqali shakllanishi, ularning diskursiv funksiyalari, normativ-variantlik muammosi hamda zamonaviy mediadiskursdagi transformatsion modellari yoritiladi