Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XI–XV ASRLARDA YARATILGAN QIT’ALARNING XOS XUSUSIYATLARI

qit’a janri, XI–XV asrlar qit’anavisligi, mubolag‘a qo‘llash, ramzlar, poetik obraz, lirik qahramon, qit’a xossalari, qit’a badiiyati, qofiya va h.k.

Mualliflar

Mazkur maqolada XI–XV asrlar qit’anavisligida ushbu she’riy shaklning janr sifatida to‘laqonli shakllanganligi va takomillashganligini qit’aning xossalari, badiiyat unsurlari tadqiqi misolida o‘rganildi. Bu davrda yaratilgan qit’alarda pandona mazmun, voqea-hodisalarga munosabat yetakchilik qilishi aniqlandi. Bu davr qit’anavislari ijodida qit’alarning yuksak namunalari yaratilishi ularning erkin fikrlashlariga imkoniyat va janr badiiyatini yuksaltirish yo‘lida izlanishlar sifatida e’tirof etildi.