Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AXBOROT PANDEMIYASI (INFODEMIYA): GLOBAL AXBOROT MUHITINING ILMIY TAHLILI

Axborot pandemiyasi, infodemiya, raqamli platformalar, algoritmik ta’sir, ijtimoiy tarmoqlar, misinformation, psixologik ta’sir, media savodxonlik, global axborot xavfi.

Mualliflar

  • Nodira MUSAYEVA Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti, Toshkent, O‘zbrekiston, Uzbekistan

Ushbu ilmiy sharh maqolada axborot pandemiyasi (infodemiya) fenomenining nazariy asoslari, tarixiy rivojlanishi, raqamli platformalardagi tarqalish mexanizmlari, psixologik va ijtimoiy ta’sirlari hamda global xavflari tahlil qilinadi. Infodemiya zamonaviy raqamli jamiyatning muhim muammolaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib, uning sog‘liq, siyosat va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqotda JSST (WHO), Nature, MIT va boshqa xalqaro akademik manbalar tahlil qilinadi.