Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA’LIMDA TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

oliy ta’lim, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, tadqiqot metodologiyasi, akademik halollik, mustaqil ta’lim, mentorlik.

Mualliflar

Mazkur maqolada oliy ta’limda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda talabalarda mustaqil tahliliy fikrlashni rivojlantirish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro ilmiy adabiyotlar sifat tahliliga asoslandi. Natijada diagnostik, motivatsion, metodik, loyihaviy, prezentatsion va refleksiv komponentlardan iborat bosqichli model taklif qilindi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati uzviylik, mentorlik, akademik halollik, raqamli qo‘llab-quvvatlash va natijalarni baholash tamoyillari asosida tashkil etilishi lozimligi asoslab berildi.