Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINF CHAPAQAY O‘QUVCHILARIGA NEYROPEDAGOGIK YONDASHUVGA ASOSLANGAN RAQAMLI YORDAM PLATFORMASINI YARATISH TAJRIBASI

: chapaqaylik, neyropedagogika, raqamli platform, boshlang‘ich ta’lim, O‘zbekiston, sun'iy intellect, Edinburgh qo‘l dominantligi inventari, SUS baholash, o‘qituvchi kuzatuv kundaligi, laterallik.

Mualliflar

Chapaqaylik dunyo aholisining taxminan 10-12 foiziga ta’sir ko‘rsatadi va o‘ng qo‘llilarga mo‘ljallangan ta’lim tizimlarida o‘ziga xos pedagogik qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘zbekistonda ushbu tadbirdan oldin bu toifa o‘quvchilar uchun maxsus neyropedagogik raqamli resurs mavjud emas edi. Maqolada 1-4-sinf chapaqay o‘quvchilari uchun ko‘p tilli neyropedagogik raqamli platforma (v6.0) ni yaratish tajribasi tavsiflanadi. Platforma dasturiy ta’minot mualliflik huquqi sertifikatini (DGU, 2026) olgan.