Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QUYI AMUDARYO BO‘YIDAN TOPILGAN NUMIZMATIK MATERIALLAR

Quyi Amudaryo, Xorazm vohasi, numizmatika, tanga-pul tizimi, qadimgi davr, ilk o‘rta asrlar, mahalliy hukmdorliklar, davlatchilik, iqtisodiy munosabatlar, savdo yo‘llari, pul muomalasi

Mualliflar

Mazkur maqolada Quyi Amudaryo havzasida, xususan, Xorazm vohasi va unga tutash hududlarda topilgan numizmatik materiallar ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu hududning qadimgi va ilk o‘rta asrlardagi tarixiy-geografik o‘rni, siyosiy tuzilmalari hamda iqtisodiy hayoti tanga-pul tizimi orqali yoritib beriladi. Shuningdek, Xorazm diyorining Baqtriya-To‘xoriston, Sug‘d, Choch va Farg‘ona kabi qo‘shni tarixiy viloyatlar bilan o‘zaro aloqalari numizmatik topilmalar asosida tahlil etiladi. Tanga materiallari orqali mahalliy hukmdorliklar, ularning davlatchilik an’analari, iqtisodiy munosabatlari va madaniy aloqalari haqida muhim xulosalar chiqariladi