Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BADIIY DISKURSDA ALLEGORIYANING METAFORIK IFODALANISHI VA UNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

badiiy diskurs, allegoriya, metafora, funksional uslub, lingvomadaniyat, ramz, ochiq va yopiq metafora.

Mualliflar

Mazkur maqolada badiiy diskursda allegoriya va metaforaning o‘zaro munosabati hamda ularning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida o‘zbek adabiyoti namunalari, xususan Oʻtkan kunlar va Kecha va kunduz asarlaridan olingan badiiy parchalar tanlangan. Maqolada funksional uslub nazariyasi, troplar tizimi, xususan metafora va allegoriyaning semantik tabiati ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, ochiq va yopiq metafora tushunchalari doirasida allegoriyaning yaxlit semantik tizim sifatida shakllanishi asoslab berilgan.