Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK YILLARIDA TOJIKISTON RESPUBLIKASIDA YANGI TEMIR YO‘L TARMOQLARINING BARPO QILINISHI

Tojikiston Respublikasi, temir yo‘l transporti, infratuzilma, transport siyosati, mintaqaviy integratsiya, iqtisodiy rivojlanish, logistika, mustaqillik davri.

Mualliflar

  • Ozodbek RADJABOV O‘zbekiston milliy universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori, Uzbekistan

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Tojikiston Respublikasida temir yo‘l infratuzilmasining rivojlanish jarayonlari, yangi temir yo‘l tarmoqlarining barpo etilishi, ularning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatning transport izolyatsiyasidan chiqish strategiyalari, mintaqaviy integratsiya jarayonlari hamda temir yo‘l qurilishining ichki iqtisodiy rivojlanishga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Tojikistonning transport siyosati va infratuzilma modernizatsiyasi masalalarini kompleks yoritishga xizmat qiladi.