Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TURKISTON ASSRDA MUZEY ISHI TARIXI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Turkiston ASSR, muzey ishi, Turkomstaris, arxiv hujjatlari, muzey fondlari, madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy ekspeditsiyalar, milliylashtirish siyosati, markazlashgan boshqaruv, muzeyshunoslik

Mualliflar

Mazkur maqolada Turkiston ASSR hududida muzey ishining shakllanishi, uning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, muzey fondlarini tashkil etish jarayoni hamda madaniy merosni muhofaza qilish masalalari arxiv manbalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan hujjatlar, farmonlar, Turkomstaris faoliyati, xususiy kolleksiyalarni milliylashtirish, muzeylarni ilmiy-ma’rifiy markazga aylantirish jarayonlari ochib beriladi. Shuningdek, ilmiy ekspeditsiyalar orqali muzey fondlarining boyishi va muzey ishining ilmiy asosda yo‘lga qo‘yilishi ko‘rsatib beriladi.