Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAROSIMIY DISKURSDA ODOB ME’YORLARINING LINGVOKULTUROLOGIK IFODASI (O‘ZBEK VA INGLIZ AN’ANALARINING QIYOSIY TAHLILI)

lingvokulturologiya, pragmatika, marosimiy nutq, odob me’yorlari, madaniyatlararo kommunikatsiya.

Mualliflar

  • Mukharam ALIMOVA Professor of Uzbekistan national pedagogical university named after Nizami, Uzbekistan
  • Nodira SAMADULLAYEVA MA student of Uzbekistan national pedagogical university named after Nizami, Uzbekistan

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz madaniyatlaridagi marosimiy nutq jarayonida namoyon bo‘ladigan odob-axloq me’yorlari
lingvokulturologik va pragmatik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot marosimlarni ijtimoiy jihatdan tartibga solingan
kommunikativ aktlar sifatida ko‘rib chiqadi va ular orqali jamiyatdagi ierarxiya, qadriyatlar tizimi hamda milliy identitet qanday
ifodalanishini yoritadi. O‘zbek marosimlari an’anaviylik, kollektivlik va izzat-ikrom tamoyillariga asoslangan holda tahlil qilinsa, ingliz
madaniyatidagi marosimlar individuallik, shaxsiy hududni hurmat qilish va emotsional muvozanat bilan xarakterlanadi. Qiyosiy tahlil
natijasida ikki madaniyatda odob me’yorlarining ifodalanish shakllari va kommunikativ strategiyalaridagi farqlar aniqlanadi.