Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NEVROLOGIK KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH JARAYONIDA KLINIK QAROR QABUL QILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MODELI

Nevrologiya, erta diagnostika, klinik qaror qabul qilish, kompetensiya, simulyatsion ta’lim, raqamli texnologiyalar, klinik fikrlash.

Mualliflar

Ushbu maqolada bo‘lajak shifokorlarda nevrologik kasalliklarni erta aniqlash jarayonida klinik qaror qabul qilish kompetensiyasini
rivojlantirish modeli ishlab chiqildi va uning samaradorligi asoslandi. Tadqiqotning dolzarbligi nevrologik kasalliklarning global
kasallanish va nogironlik sabablarida yetakchi o‘rin egallashi, ayniqsa insult va neyrodegenerativ kasalliklarda erta tashxis qo‘yishning
muhimligi bilan izohlanadi. Tadqiqot kompetensiyaga asoslangan yondashuv, klinik fikrlash nazariyasi va raqamli pedagogika
integratsiyasi asosida olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan model klinik qaror qabul qilish kompetensiyasini 25–30%
ga oshirishga xizmat qildi. Model diagnostika, klinik tahlil, raqamli qo‘llab-quvvatlash, simulyatsiya va refleksiv baholash bosqichlari
orqali ishlaydi. Ilmiy yangilik sifatida nevrologik kasalliklarni erta aniqlashga yo‘naltirilgan klinik qaror qabul qilishni rivojlantirishning
integrativ modeli taklif etildi.