GRAMMATIK MASHG‘ULOTLARNING TAHLILI

grammatika, mashg‘ulot, o‘qitish, kontekst, ko‘nikma, metod, yondashuv, o‘rganuvchi.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqola grammatik mashg‘ulotlarni mahsulot, jarayon va mahorat sifatida o‘rgatish kabi uch xil yondashuv orqali chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Grammatika til o‘rganish jarаyonining muhim jihati hisoblanadi. Chunki u orqali barcha ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi, xususan, yozish, o‘qish, gapirish va tinglash kabi. Grammatika orqali o‘rganilayotgan tilning tuzilishi, tarkibi, lug‘ati va yana bir qator jihatlari o‘rganiladi.  Grammatikani o‘rganish va o‘rgatishda ko‘plab turli xil manbalardan foydalanish mumkin. Ularda turli xil mashqlar va vazifalar berilgan. Ularning sharti, shu vazifani bajarishdan maqsad nima ekanligi, u qanday ko‘nikmalarni rivojlantirishi, qanday darajadagi o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallanganligini bilish juda ham hisoblanadi. Shu sababli ham maqolada keltirib o‘tilgan bir nechta mashqlarning chuqur tahlili ushbu maqolaning dolzarbligini belgilaydi.