Tabiiy fanlar

OQDARYO SUV EKOTIZIMLARIDA TARQALGAN UNIONIDAE, CORBICULIDAE, LYMNAEIDAE MOLLYUSKALARI FAUNASI VA EKOLOGIYASI

Unionidae, Corbiculidae, Lymnaeidae, mollyuskalar, fauna, Sinanodonta orbicularis, Sinanodаnta рuerorum.

Mualliflar

  • Xusniddin T. BOYMURODOV DSc, professor, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Jonibek R.SAIDQULOV Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchsi. “SAMBHRAM University” Jizzax, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Azamat N. EGAMQULOV PhD, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand, , Uzbekistan

Tadqiqotning asosiy maqsadi Oqdaryo suv ekotizimlarida tarqalgan Unionidae, Corbiculidae, Lymnaeidae mollyuskalari faunasi
va ekologiyasini o‘rganishdan iborat. Qurg‘oqchilikning kuchayishi tabiiy suv havzalari biologik xilma-xilligining qisqarishi
hamda suv ekotizimlarining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Oqdaryo daryosida mollyuskalarning 15 turi va 1 kenja turining
tarqalganligi o‘rganildi. Oqdaryoning Chelak shaxri yaqinidagi hududida 12 ta va Oqdaryo suv omboridan keyingi qismida 13
turning yashashi aniqlandi. Oqdaryo daryosi biotoplarida tarqalgan mollyuskalarni yashash joyiga qarab ekologik guruhlarini
tahlil qilganimizda peloreofil, pelolimnofillar, reofil, fitofil, telmotofil va fitoreofil guruhlari uchrashi o‘rganildi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##