Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“RAQAMLI HUQUQIY MADANIYAT” TUSHUNCHASI: METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA YANGI PARADIGMANING SHAKLLANISHI

Raqamli huquqiy madaniyat; huquqiy ong; algoritmik tartibga solish; ma’lumotlar etikasi; raqamli boshqaruv; huquqiy kommunikatsiya; platforma munosabatlari.

Mualliflar

  • Abdullo SOLIYEV Mustaqil tadqiqotchi, Andijon davlat pedagogika instituti, Uzbekistan

Ushbu maqola raqamli huquqiy madaniyat tushunchasining metodologik asoslarini aniqlash, uning tarkibiy unsurlari va
indikatorlarini konseptual izohlash hamda “yangi paradigma” sifatida shakllanish mexanizmlarini nazariy tahlil qilishga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida huquqiy ong, huquqiy xulq-atvor va institutsional amaliyotlar o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sirni birlashtiruvchi integrativ modelni ishlab chiqishdan iborat. Metodologiya sifatida huquq sotsiologiyasi, normativ-tizimli
yondashuv, raqamli boshqaruv konsepsiyalari, huquqiy kommunikatsiya va platforma iqtisodiyoti doirasidagi tahliliy usullar
qo‘llanadi. Ilmiy yangilik raqamli huquqiy madaniyatni faqat axborot savodxonligi yoki e-hukumatdan foydalanish ko‘nikmasi
sifatida emas, balki algoritmik tartibga solish, ma’lumotlar etikasi va onlayn nizolarni hal etish amaliyotlari bilan bog‘liq kompleks
ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida izohlashda namoyon bo‘ladi. Natijada baholash mezonlari va amaliy siyosat uchun tavsiyalar
konturlari taklif etiladi.