Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INSTITUTSIONAL TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH INSTITUTLARI RIVOJI

o‘zini o‘zi boshqarish, mahalla, boshqaruv, davlat, aholi, jamoa, shaxs, munitsipalitet, ehtiyoj, model, hokimiyat, kommunal xizmat, integratsiya, shakl, munosabat.

Mualliflar

  • Elyor ZAITOV PhD, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada institutsional transformatsiya sharoitida o‘zini o‘zi boshqarish institutlarining rivoji sotsiologik yondashuv asosida tahlil
etiladi. Tadqiqotda globallashuv va ijtimoiy tuzilma transformatsiyasining ushbu institutlarga ko‘rsatayotgan ta’siri ochib beriladi. O‘zini
o‘zi boshqarish institutlari ijtimoiy tizimning muhim elementi sifatida ko‘rib chiqiladi. Ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish,
ijtimoiy kapitalni shakllantirish va fuqarolik ishtirokini ta’minlashdagi o‘rni asoslanadi. Maqolada institutlarning legitimligi, ijtimoiy
ishonch va ijtimoiy hamkorlik bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, aholining ijtimoiy faolligi va ishtiroki darajasining ushbu
institutlar samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Institutsional o‘zgarishlar jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy sotsiologik tendensiyalar
aniqlanadi