Tabiiy fanlar

IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA MARKAZIY OSIYO VA TYAN-SHAN TOG‘LARI EKOTIZIMLARINI MASOFADAN ZONDLASH ASOSIDA O‘RGANISH: SCOPUS NASHRLARINING BIBLIOMETRIK TAHLILI

bibliometriya, Scopus, Markaziy Osiyo, Tyan-Shan tog‘lari, ekotizimlar, iqlim o‘zgarishi, NDVI, masofadan zondlash, xalqaro hamkorlik.

Mualliflar

  • Hilola G‘AFFOROVA Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi O‘zMU, Biologiya va ekologiya fakulteti o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo va Tyan-Shan tog‘lari ekotizimlari, iqlim o‘zgarishi, o‘simlik qoplamasi dinamikasi va
masofadan zondlash usullari (NDVI, GAT) mavzulqurg‘oqchilagi Scopus bazasidagi ilmiy nashrlar bibliometrik tahlil qilindi.
2010-2025 yillar oralig‘idagi 657 ta nashr tahlil etilib, yillik dinamika, nashr turlari, fan yo‘nalishlari, hamkor muassasalar va
mamlakatlar bo‘yicha iqtiboslanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi o‘n yilda nashrlar soni keskin
o‘sib, 2025-yilda 100 taga yaqinlashgan. Tadqiqotlarda Xitoy ilmiy muassasalari yetakchilik qilmoqda. Mavzu global iqlim
o‘zgarishi va tog‘ ekotizimlarining barqarorligi bilan bog‘liq bo‘lib, mintaqaning ekologik monitoringi uchun muhim ilmiy asos
yaratadi.