Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK AYOLLAR NUTQIY ETIKETIDA XUSHMUOMALALIK TAMOYILINING IFODALANISHI

nutqiy etiket, xushmuomalalik tamoyili, sotsiopragmatika, gender lingvistika, kommunikativ xulq, hurmat tamoyillari.

Mualliflar

  • Muhabbat KURBANOVA, Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Durdona NIZOMOVA Tayanch doktorant, O‘zbekiston Millliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada o‘zbek ayollari nutqiy etiketida xushmuomalalik tamoyilining sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ayollar nutqida qo‘llaniladigan yumshatish vositalari, bilvositalik, hurmat ifodalari hamda kommunikativ vaziyatga moslashuv mexanizmlari ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek ayollari nutqida muloyimlik strategiyalari ijtimoiy-madaniy me’yorlar bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanadi.