Tabiiy fanlar

OROL DENGIZI QURIGAN TUBI TUPROQ-GRUNTLARIDA ZAHARLI TUZLARNING TARQALISHI VA EKOLOGIK-MELIORATIV BAHOSI

Orol dengizi, qurigan tub tuproq-gruntlari, sho‘rlanish, zaharli tuzlar, ekologik-meliorativ holat, tuproq xaritasi, galofit o‘simliklar, degradatsiya jarayonlari, Orolqum.

Mualliflar

  • Nazimxon QALANDAROV PhD, katta ilmiy xodim, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Abduvaxob ISMONOV B.f.n., katta ilmiy xodim, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Toshkent, O‘zbekiston., Uzbekistan

Ushbu maqolada Orol dengizi qurigan tubida shakllangan tuproq-gruntlarning ekologik-meliorativ holati hamda ularda zaharli
tuzlarning tarqalish qonuniyatlari tahlil qilingan. Olib borilgan dala tadqiqotlari jarayonida tuproq kesmalari tavsiflanib, genetik
qatlamlar bo‘yicha namunalari olindi hamda 1:200 000 masshtabdagi “Orol dengizi qurigan tubi tuproq-gruntlarida zaharli
tuzlarning tarqalishi xaritasi” tuzildi. Olingan natijalarga ko‘ra, tadqiq etilgan 4,26 mln gektar maydon zaharli tuzlar miqdoriga
qarab kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda yuqori darajada sho‘rlangan hududlarga ajratildi. Hududning 41,5 % qismi kuchli va juda
kuchli sho‘rlanish darajasiga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, sho‘rlanish jarayonlari tuproqning mexanik tarkibi,
gidrogeologik sharoit va kuchli bug‘lanish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari asosida
qurigan tub hududlarini ekologik-funksional zonalarga ajratish, galofit o‘simliklarni rivojlantirish, ihota saksovulzorlarini barpo
etish hamda yaylovlardan ilmiy asoslangan tarzda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.