Tabiiy fanlar

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI ATROFIDAGI TUPROQ KOLLEMBOLALARI FAUNASINING XILMA-XILLIGI VA FAZOVIY TAQSIMLANISHI

Kollembola, tuproq faunasi, biodiversitet, sanoat ifloslanishi, bioindikator, kon ekologiyasi, og‘ir metallar, Shannon indeksi, ekologik monitoring.

Mualliflar

  • Matnazar RAKHIMOV B.f.d., professor, O‘zbekiston Milliy universitetiBiologiya va ekologiya fakulteti Zoologiya kafedrasi mudiri , Uzbekistan
  • Fatxulla HAMIDULLAYEV Magistrant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Uzbekistan

Mazkur tadqiqotda O‘zbekistondagi Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) atrofidagi tuproq kollembolalari xilma-xilligi
o‘rganildi. Tuproq namunalari uchta masofada (0.5 km, 2 km, 5 km) qish oylarida (2025 yil noyabr, dekabr va 2026 yil yanvar)
olinib, har bir nuqtada to‘qqizta takrorlash amalga oshirildi (jami 27 namuna). Beshta tur aniqlandi: Folsomia candida, Isotoma
viridis, Entomobrya nivalis, Sminthurus viridis va Hypogastrura viatica. Natijalar sanoat ob’yektidan masofa ortishi bilan
biodiversitetning sezilarli oshishini ko‘rsatdi. Shannon indeksi 0.5 km da 0.00 dan 5 km da 1.89 gacha oshdi. Umumiy son 3.3
barobar oshdi (89 dan 297 individgacha). Statistik tahlil masofa guruhlari o‘rtasida juda yuqori ahamiyatli farqni tasdiqladi
(p<0.001).