Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARINI MODERNIZATSIYALASHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI

Qoraqalpog‘iston, qonunchilik, modernizatsiya, islohot, huquqiy kolliziya, qonun ijodkorligi, demokratlashtirish, tahlil

Mualliflar

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik bazasini modernizatsiyalashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda huquqiy tizimni yangilash, qonun ijodkorligi sifatini oshirish va normalarni davlat strategiyalariga muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. Mintaqaning o‘ziga xos ekologik va iqtisodiy holatini hisobga olgan holda qonun hujjatlarini tizimlashtirish hamda boshqaruvga raqamli texnologiyalarni joriy etish zaruriyati asoslab berilgan. Maqola yakunida huquqiy normalar samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ilgari surilgan