Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BEFARZAND OILALARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING GENDER XUSUSIYATLARI

befarzandlik, befarzand oila, shaxslararo munosabatlar, gender xususiyatlari, oilaviy munosabatlar, avtoritarlik, bo‘ysinuvchanlik, psixologik stress, oilaviy terapiya, psixologik maslahat.

Mualliflar

  • Feruza MAMIROVA O‘qituvchi, Sarbon universiteti Toshkent, O’zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada befarzand oilalarda shaxslararo munosabatlarning gender xususiyatlari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Tadqiqotda 36 ta befarzand oiladan 72 nafar respondent ishtirok etdi. T. Lirining “Shaxslararo munosabatlarni tashxis qilish”
metodikasi yordamida olingan natijalar erkaklarda avtoritarlik, xudbinlik va agressivlik ko‘rsatkichlari yuqori, ayollarda esa
bo‘ysinuvchanlik va boshqalarga bog‘liqlik darajalari yuqoriligini ko‘rsatdi. Natijalar befarzandlik holatida shaxslararo
munosabatlar gender rollari va ijtimoiy stereotiplar ta’sirida shakllanishini tasdiqladi. Tadqiqot xulosalari befarzand oilalar bilan
ishlashda gender yondashuviga asoslangan psixologik maslahat va oilaviy terapiya usullarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.