Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI O‘QITISHDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Kreativ kompetentlik, metodik tizim, axborot texnologiyalari, integratsiyalash, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash

Mualliflar

  • G‘olib TULISHOV Katta o‘qituvchi, mustaqil tadqiqotchi, O‘zbekiston milliy universiteti, Uzbekistan

Kreativ kompetentlik – bu shaxsning muammolarni samarali va innovatsion tarzda hal qilish, yangi g‘oyalar yaratish, tasavvur
qilish, ijodiy fikrlash va texnologiyalardan samarali foydalanish qobiliyatidir. Kreativ kompetentlik shuningdek, yangi yechimlarni
ishlab chiqish, turli fan va soxalarni integratsiyalash orqali yangi maxsulot va xizmatlarni yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish, insonga yangi tajribalarga ochiq bo‘lish, natijalarga erishish va jamiyatga ijobiy ta’sir
ko‘rsatish imkonini yaratadi