Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON POPULYATSIYASIDA D2S441 STR LOKUSINING POPULYATSION-GENETIK TAVSIFI

populyatsiya, marker, lokus, identifikatsiya, chastota, allel, O‘zbekiston.

Mualliflar

  • Dinara TOSHEVA Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi davlat sud eksperti, Biologiya va ekologiya fakulteti, Botanika va genetika kafedrasi mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

O‘zbekiston aholisi tasodifiy tanlangan namunasida D2S441 xromosomal lokusining allellari taqsimoti o‘rganildi. Genotiplash
12 ta hududdan olingan o‘zaro qarindosh bo‘lmagan 1538 nafar shaxsda amalga oshirildi. Kuzatilgan genotip chastotalari Xardi–
Vaynberg muvozanatiga mos kelishi aniqlandi. Lokusning asosiy populyatsion-genetik ko‘rsatkichlari - tasodifiy mos kelish
ehtimoli, diskriminatsiya kuchi, polimorfizm axborot koeffitsienti, istisno qilish kuchi va otalik indeksi hisoblandi. Olingan
natijalar sud-genetik identifikatsiya tadqiqotlarini tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin.