Tabiiy fanlar

SARMICH MA’DANLI MAYDONINING GEOLOGIK-TEKTONIK TUZILISHI

Qoratov tog‘lari, Sarmich koni, oltin ma’danli minerallashuv tektonik buzilishlar, Milonit yer yorig‘i, ma’dan nazoratlovchi strukturalar.

Mualliflar

  • Eldor MAHAMMADIYEV Tog‘ kon sanoati geologiyasi vazirligi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Uzbekistan

Mazkur maqolada Qoratov tog‘lari hududidagi Sarmich ma’danli maydonida oltin ma’danlashuvining strukturaviy-tektonik
sharoitlari tahlil qilindi. Natijalar minerallashuvning asosan subkenglik yo‘nalishidagi tektonik zonalar va ularni kesib o‘tuvchi
sharq-shimoliy-sharqiy uzilmalar bilan bog‘liqligi aniqlandi. Asosiy ma’dan nazoratlovchi struktura sifatida Milonit yer yorig‘i
deb belgilandi, u flyuidlar migratsiyasi va oltinning joylashishini ta’minlovchi yuqori o‘tkazuvchan zona hisoblanadi. Ma’danli
tanalar kataklazit, brekchiya va milonitlashgan jinslar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda kvarslashuv va metasomatik o‘zgarishlar
rivojlangan. Minerallashuv asosan turli yo‘nalishdagi tektonik buzilishlar kesishgan uchastkalarda joylashgan bo‘lib, bu zonalar
flyuidlar uchun asosiy migratsiya kanallari vazifasini bajaradi.