Tabiiy fanlar

CHORVOQ SUV OMBORI SUV YUZASI VA QIRG‘OQBO‘YI VEGETATSIYASI DINAMIKASINI LANDSAT ASOSIDA BAHOLASH

masofadan zondlash, Landsat, MNDWI, NDVI, Chorvoq suv ombori, suv yuzasi, qirg‘oqbo‘yi vegetatsiyasi, GAT.

Mualliflar

  • Odinaxon S. ORIPOVA Magistrant,Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Dilbarxon Sh. FAZILOVA Fizika-matematija fanlari doktori, professor, O‘zR FA Astronomiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Aziz N. KAZAKOV texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur tadqiqotda 2020–2025-yillarda Chorvoq suv ombori suv yuzasi va qirg‘oqbo‘yi vegetatsiyasi Landsat 8/9 tasvirlari
asosida baholandi. Modified Normalized Difference Water Index (MNDWI) natijalari suv maydoni aprel oyida 1922.1–2588.8
ga, iyulda 3592.2–3912.8 ga bo‘lganini ko‘rsatdi; eng katta mavsumiy farq 1762.6 ga ni tashkil etdi. Normalized Difference
Vegetation Index (NDVI) xaritalari iyul oyida qirg‘oqbo‘yi vegetatsiyasi faolligi aprelga nisbatan yuqoriroq ekanini ko‘rsatdi.