Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA AHOLINI BAXTLILIK DARAJASINI OSHIRISH OMILLARI VA YO‘LLARI

Baxtlilik darajasi, ijtimoiy farovonlik, hayotdan qoniqish, iqtisodiy barqarorlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim sifati, ma’naviy qadriyatlar, fuqarolik jamiyati, milliy rivojlanish

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekistonda aholining baxtlilik darajasini oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan samarali chora-tadbirlar tahlil qilingan. Muallif baxtlilikning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatlarini o‘rganib, aholining hayotdan qoniqish darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi faktorlar — barqaror iqtisodiy o‘sish, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash, fuqarolik erkinliklari, oila mustahkamligi va ma’naviy muhit kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratgan. Maqolada, shuningdek, xalqaro baxt indekslari tajribasi tahlil qilinib, ularni milliy sharoitlarga moslashtirish orqali aholi baxtliligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar bayon etilgan. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda yanada takomillashuviga hissa qo‘shishni maqsad qiladi.