Tabiiy fanlar

MARJONBULOQ OLTIN KONIDAGI MADANLARNING JOYLASHISH ZONALLIGINI UMUMIY TAVSIFI

Marjonbuloq oltin koni; gidrotermal rudalanish; metasomatizm; mineral paragenezis; pirit-arsenopiritli assotsiatsiya; oltin-sulfidli mineralizatsiya.

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda G‘arbiy O‘zbekiston hududida joylashgan Marjonbuloq oltin konining rudali zonalari strukturaviy-geologik,
mineralogik-paragenetik va geokimyoviy jihatdan kompleks tahlil qilindi. Rudali tanalarning morfologik tasnifi ularning
ustunsimon–shtokverkli hamda plitasimon–tomirsimon tiplarga mansubligini ko‘rsatadi, vertikal rivojlanish amplitudasi 500 m
va undan ortiqni tashkil etadi.