Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MARKAZIY OSIYODA TASAVVUF TA’LIMOTINING SHAKLLANISHIDA DINIY-FALSAFIY QARASHLAR

Tasavvuf, Markaziy Osiyo, zohidlik, kalom, mo‘taziliylik, aqidaviy oqimlar, islom falsafasi

Mualliflar

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda tasavvuf falsafasining shakllanishiga таъсир ko‘rsatgan diniy, aqidaviy va falsafiy omillar tahlil qilinadi. Xususan, islomning mintaqaga kirib kelishi, mahalliy madaniy muhit, yunon falsafasi, kalom ilmi hamda mo‘taziliylar, xorijiylar, shialar, botiniylar kabi aqidaviy oqimlarning tasavvufiy tafakkur rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, zohidlik harakatining tasavvuf ta’limotiga aylanish jarayoni, uning gnoseologik va ontologik asoslari ham tadqiq etiladi. Maqolada Markaziy Osiyoning ilmiy-madaniy muhiti tasavvuf falsafasi rivojidagi muhim omillardan biri sifatida baholanadi.