Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHAXS AXLOQIY IDEALINING IJTIMOIY INSTITUTLAR VA ME’YORLAR BILAN DIALEKTIK MUNOSABATI

Axloqiy ideal, deontologiya, praksiologiya, dialektika, ijtimoiy institutlar, habitus, axloqiy avtonomiya, normativizm, vijdon, axloqiy o’zini-o’zi aniqlash

Mualliflar

  • Shahnoza ISRAILOVA Dotsent v.b., PhD, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Uzbekistan

Mazkur maqolada shaxs axloqiy idealining ijtimoiy institutlar va me’yorlar bilan dialektik munosabati deontologik va praksiologik ikkita metodologik paradigma kesimida tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida axloqiy idealning ijtimoiy-normativ determinatsiyasi masalasi P.Burdyening “habitus” nazariyasi, E.Dyurkgeym va M.Veberning ijtimoiy tartib to‘g‘risidagi ta’limotlari hamda “axloqiy avtonomiya” va “ijtimoiy konformizm” kabi kategoriyalar orqali o’rganiladi. Maqolada ushbu ikki tamoyil – burch va ijtimoiy samaradorlik – o’rtasidagi dialektik kuchlanish yangi kontseptual tizim sifatida taqdim etiladi. Muallif “normativ deontologik ideal” va “praksiologik ijtimoiy ideal” tushunchalarining o’zaro aloqasi va ziddiyatini falsafiy jihatdan asoslab, zamonaviy O‘zbekiston jamiyatining transformatsiya jarayonlari kontekstida shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi aniqlashi (moral self-determination) muammosiga yangicha yechim taklif etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda birinchi marta o’zbek falsafiy an’anasidagi “vijdon”, “or-nomus” va “andisha” kategoriyalari G‘arb metaetikasining normativizm-deskriptivizm munozarasi bilan qiyosiy sintez asosida tahlil qilinadi.