Tabiiy fanlar

TELESEYSMIK TO‘LQINLAR ASOSIDA YER QOBIG‘I STRUKTURASINI ANIQLASH

Seysmogramma, teleseysmik hodisa, Ps-konversiya, Moho, tezlik kontrasti, korrelyatsiya.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda Oqsoq-ota dala amaliyoti bazasida o‘rnatilgan seysmik stantsiya ma’lumotlari asosida uzoq masofali
(teleseismic) zilzilalardan hosil bo‘lgan almashinuvchi (konvertatsiyalangan) to‘lqinlar tahlil qilindi. P-to‘lqinlarning qobiq
ichidagi chegaralarda S-to‘lqinga konversiyasi (Ps fazasi) asosida yer qobig‘i strukturasi va tezlik kontrasti mavjud bo‘lgan
chegaralar chuqurligi aniqlangan. Tahlil natijasida bir nechta tezlik o‘zgaruvchi chegaralar, jumladan Moho sathi aniqlangan.