Tabiiy fanlar

BUXORO VILOYATI SHAHAR AHOLISINING HUDUDIY JOYLASHUVI

Urbanizatsiya, shahar, tabiiy sharoit, aholi punktlari, barqaror rivojlanish.

Mualliflar

Mazkur maqolada Buxoro viloyatida shahar aholi sonining hududlar kesimida joylashuvi va bu joylashuvga ta’sir ko‘rsatgan
omillar tahlil qilingan bo‘lib, bu viloyatda urbanizatsiyalashuv jarayonining qay holatda kechayotganligini kuzatish imkonini
beradi. Viloyat hududi tarixan sug‘oriladigan yerlar, savdo yo‘llari va xo‘jalik faoliyati markazlari atrofida shakllangan bo‘lib,
ushbu omillar shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Bugungi kunda ham shahar aholisining
hududiy joylanishi ko‘p jihatdan tabiiy resurslar, transport tarmoqlari va iqtisodiy salohiyat bilan bog‘liq holda namoyon
bo‘lmoqda. Ayniqsa viloyat hududi cho‘l zonasida joylashganligi hududda suv resurslari muammosining vujudga kelishiga sabab
bo’ladi. Natijada har qanday aholi manzilgohlari, jumladan shaharlar ham asosan suv resurslari bilan ta’minlanish darajasi yuqori
bo‘lgan hududlarda shakllanadi.