Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTONDAGI ZILZILALARNING GIDROGEOSEYSMOLOGIK PREKURSORLARINING ANOMAL KO‘RINISHLARINING STATISTIK TAHLILI (axborot mazmuni)

zilzila prognozi, gidrogeoseysmologiya, yer osti suvlari, predvestnik, SO₂, radon, geokimyoviy anomaliya, seysmik faollik.

Mualliflar

Ushbu maqolada zilzilalarni prognoz qilishda gidrogeoseysmologik predvestniklarning ahamiyati o‘rganilgan. Yer osti
suvlarining gaz-kimyoviy, izotop va geofizik parametrlarida kuzatiladigan anomal o‘zgarishlar kuchli zilzilalarga tayyorgarlik
jarayonlarining muhim belgisi sifatida tahlil qilingan. Toshkent zilzilasi 1966 yildan keyin O‘zbekistonda olib borilgan ko‘p
yillik kuzatuvlar asosida gidrogeoximik ma’lumotlar banki shakllantirilgan. SO₂ parametri misolida statistik tahlil o‘tkazilib,
ushbu usulning o‘rta va qisqa muddatli prognozda samaradorligi baholangan. Natijalar gidrogeoseysmologik usulning zilzilalarni
oldindan baholashda ishonchli vositalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.