Tabiiy fanlar

ALATANGA - KATTASOY MA’DANLI MAYDONIDA NODIR YER ELEMENTLARINING NAMOYON BO‘LISHI

Kattasoy-Olatanga ma’danli maydoni, noyob yer elementlari (NEE), noyob yer elementlarning minerallashuvi, monatsit, bastnezit, ksenotim, lantanoidlar, seriy guruhi, granitoid intruziyalari, gidrotermal-metasomatik jarayonlar, greyzenizatsiya, albitizatsiya, kvars-flyuorit tomirlari, noyob metallar ma’danlashuvi.

Mualliflar

  • Низомиддин СОАТОВ И.о. доцента Национального университета Узбекистана, PhD, Uzbekistan
  • Одил РАЗИКОВ Профессор кафедры геохимии и минералогии НУУз, доктор геолого-минералогических наук, Uzbekistan
  • Аброр АБДУЛЛАЕВ И.о. доцента Национального университета Узбекистана (PhD), Uzbekistan
  • Холмурод ХАЛИЁРОВ Старший преподаватель кафедры геохимии и минералогии НУУз (PhD), Uzbekistan

Kattasoy-Olatanga ma’danli maydoni Chotqol-Qurama mintaqasida joylashgan bo‘lib, intruziv shakllanishlar, metasomatik
komplekslar va tektonik buzilish zonalarini o‘z ichiga olgan murakkab geologik tuzilishi bilan ajralib turadi. Uning chegaralarida
granitoid intruziyalar, ishqorli jinslar va gidrotermal-metasomatik o‘zgarishlar zonalari bilan bog‘liq bo‘lgan nodir yer
elementlarning minerallashuvi namoyonlari aniqlangan. Noyob yer elementlari (NEE) asosan seriy guruhi minerallaridan iborat.
Asosiy ma’danli minerallar monatsit, bastnezit va ksenotim uchraydi. Minerallashuv kvars-flyuoritli tomirlarda, pegmatitlarda
hamda albitlanish va greyzenlanish zonalarida uchraydi.