Tabiiy fanlar

PAXTA MATOSIDA MIS NANOZARRACHALARINI ASKORBIN KISLOTASI YORDAMIDA QAYTARISH

paxta matosi, mis nanozarrachalari, askorbin kislota, mis (II) sulfat, termik tahlil.

Mualliflar

Paxta matosida mis nanozarrachalarini as korbin kislotasi yordamida ekologik xavfsiz qaytaruvchi sifatida tiklash sharoitlari
o‘rganildi. Askorbin kislotasi (5–25%) va mis (II) sulfat (1–15%) konsentratsiyasining metall mis hosil bo‘lishi va uning
ekranlovchi xususiyatlariga ta’siri ko‘rib chiqildi. Reagentlar konsentratsiyasining oshishi tolalar yuzasida qaytarilgan va
mustahkamlangan mis miqdorining ortishiga olib kelishi aniqlandi. Optimal sharoitlarda metall misning sellyuloza matritsasida
samarali tiklanishi va mustahkamlanishi kuzatildi.
Mikroskopiya va termik tahlil usullari yordamida tolalar yuzasining morfologik o‘zgarishlari hamda ishlov berilgandan keyin
materialning termik barqarorligidagi o‘zgarishlar tasdiqlandi. Olingan natijalar yumshoq sintez sharoitlarida berilgan funksional
xususiyatlarga ega bo‘lgan mis tarkibli to‘qimachilik materiallarini olish imkoniyatini ko‘rsatadi.