Tabiiy fanlar

2-AMINO-5-(PRENILTIO)-1,3,4-TIADIAZOL BILAN MIS(II) KOMPLEKSLARINING SINTEZI, TUZILISHI VA IQ-SPEKTROSKOPIK TADQIQOTI

1,3,4-tiadiazol, mis(II) komplekslari, monokristall rentgen tuzilish tahlili, Yan–Teller effekti, IQ-spektroskopiya, SEM–EDX, termogravimetrik tahlil.

Mualliflar

Birinchi marta 2-amino-5-(preniltio)-1,3,4-tiadiazol (L) asosida mis(II)ning uchta yangi kompleksi - [CuL 4 Cl]Cl, [CuL 4 Br]Br va
[CuL 4 (SO 4 )] - M:L = 1:4 nisbatda sintez qilindi. L ligandi 2-amino-5-merkapto-1,3,4-tiadiazolni prenilbromid bilan S-alkillash
orqali olindi. Komplekslarning tarkibi element tahlili, XRF va SEM–EDX usullari bilan tasdiqlandi. Tuzilishi IQ-spektroskopiya,
TGA/DSC va SC-XRD orqali o‘rganildi. [CuL4Cl]Cl kompleksi tetragonal-piramidal geometriyaga ega bo‘lib, koordinatsiya
tiadiazol halqasining N3 atomi orqali amalga oshadi. Apikal Cu···Cl va Cu···Br bog‘larining cho‘zilishi Cu(II) ioniga xos Yan–
Teller effekti bilan izohlanadi. DFT hisob-kitoblari ham N3 orqali koordinatsiyalanish ustunligini tasdiqladi.