4-METOKSI-N-FENILBENZAMIDNING FARMAKOLOGIK FAOLLIKLARINI PASS DASTURIDA O‘RGANISH
##submission.downloads##
p-Metoksibenzoy kislotaning anilin bilan hosil qilgan amidining farmakologik faolliklari PASS dasturida tekshirildi. 4-metoksi-N-
fenilbenzamid birikmasining potensial antibakterial faolligi tekshirilganda eng yuqori baholash ko‘rsatkichi 0.7479 bo‘lib, u
Yersinia pestis ga qarshi kuzatildi. 4000 dan ortiq biologik faollik turlari bo‘yicha prognoz tahlili amalga oshirilganda esa eng
yuqori ehtimollik ko‘rsatkichlari membrana bilan bog‘liq biologik jarayonlar va oksidlanish-qaytarilish ferment tizimlariga ta’sir
qiluvchi faoliyatlarda kuzatildi. Tadqiq qilinayotgan birikmaning ehtimoliy saratonga qarshi faolligi Hs 683 (Pa = 0.499) hujayra
liniyasida kuzatildi va normal (saraton bo‘lmagan) hujayra liniyalariga nisbatan bashorat qilingan faollik esa nisbatan past
qiymatlarni ko‘rsatdi. Umuman olganda, olingan natijalar tadqiq qilinayotgan birikma saraton hujayralariga nisbatan selektiv
sitotoksik ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligini, normal hujayralarga esa nisbatan past ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Sintez qilingan
birikmaning kemiruvchilarda organlarga xos kanserogenlikni in silico bashoratiga ko’ra ayrim kemiruvchi organlarida o‘sma
rivojlanish ehtimolini ko‘rsadi. Ayniqsa siydik pufagi barcha modellar (erkak va urg‘ochi kalamush hamda sichqonlar) bo‘yicha
eng yuqori ehtimollik qiymatlarini ko‘rsatdi.
1. Filimonov D. A. et al. Prediction of the biological activity spectra of organic compounds using the PASS online web resource //Chemistry
of Heterocyclic Compounds. – 2014. – Т. 50. – №. 3. – С. 444-457.
2. Filimonov D. A. et al. Prediction of the biological activity spectra of organic compounds using the PASS online web resource //Chemistry
of Heterocyclic Compounds. – 2014. – Т. 50. – №. 3. – С. 444-457.
3. Lagunin A. A. et al. CLC-Pred: A freely available web-service for in silico prediction of human cell line cytotoxicity for drug-like compounds
//PloS one. – 2018. – Т. 13. – №. 1. – С. e0191838.
4. Muratov E. N. et al. A critical overview of computational approaches employed for COVID-19 drug discovery //Chemical Society Reviews.
– 2021. – Т. 50. – №. 16. – С. 9121-9151.
5. Poroikov V. V. et al. Computer-aided prediction of biological activity spectra for organic compounds: The possibilities and limitations
//Russian Chemical Bulletin. – 2019. – Т. 68. – №. 12. – С. 2143-2154.
6. Filimonov D. A. et al. Computer-aided prediction of biological activity spectra for chemical compounds: opportunities and limitations
//Biomedical Chemistry: Research and Methods. – 2018. – Т. 1. – №. 1. – С. e00004-e00004.
7. Palmacci V. et al. E-GuARD: expert-guided augmentation for the robust detection of compounds interfering with biological assays //Journal
of Cheminformatics. – 2025. – Т. 17. – №. 1. – С. 64.
8. Chandrababu S., Bastola D. A novel prediction model for discovering beneficial effects of natural compounds in drug repurposing
//International Work-Conference on Bioinformatics and Biomedical Engineering. – Cham : Springer International Publishing, 2020. – С.
811-824.
9. Bo’riyeva D. Abdushukurov A. 4-Metoksibenzoy kislotaning anilin va toluidin izomerlari bilanreaksiyalari //«ACTA NUUz». –2025. –Т.
3. –№. 3.2. –С. 341-344.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




