Tabiiy fanlar

Cu(II) ATSETILATSETONATNING 2-AMINO-6-METILBENZOTIAZOL BILAN KOORDINATSION BIRIKMASINING SINTEZI VA TADQIQOTI

koordinatsion birikma, 2-amino-6-metilbenzotiazol, Cu(II) atsetilatsetonat, IQ-spektroskopiya, Raman spektroskopiya, termogravimetriya.

Mualliflar

Mazkur ishda ligand 2-amino-6-metilbenzotiazol (2AMBT) bilan Cu(II) atsetilatsetonatning yangi koordinatsion birikmasi sintez
qilindi va tavsiflandi. Sintez qilingan kompleks birikmaning tarkibi va tuzilishi element, infraqizil (IQ) va Raman spektroskopiya
usullari, shuningdek differensial-termik (DTA) tahlillar yordamida o‘rganildi. Olingan natijalar ligandning koordinatsiyalanish
xususiyati hamda metall ionining tabiati kompleks birikmaning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini
ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Cu(II) koordinatsion birikmalarining tuzilishini aniqlash va ularning termik barqarorligini baholashda
muhim ilmiy ahamiyatga ega.