Tabiiy fanlar

Cu(II) NING 6-AMINOPIRIDIN-2-KARBON KISLOTASI BILAN KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA KRISTALL TUZILISHI

6-aminopiridin-2-karbon kislota (APY), sirka kislota, mis(II)xlorid, monokristall.

Mualliflar

6-aminopiridin-2-karbon kislotaning metall ionlari bilan ta’sirlashishi va uning metallokompleks birikmalarining xossalarini tadqiq
qilish maqsadida, Cu(II)xlorid kristallogidrati bilan M:L 1:2 nisbatdagi koordinatsion soni oltiga teng bo‘lgan, yangi kompleks
birikmasi olinib, uning monokristali o‘stirildi. Uning tarkibi va tuzilishi RTT yordamida aniqlandi. Markaziy atom Cu(II) ning
koordinatsion soni 6, sp 3 d 2 holatda gibridlanishga ega. Ushbu kompleks birikmada ikkala APY anioni Cu(II) ioniga karboksil
ionidagi kislorod atomi va piridin halqasidagi azot atomi orqali bidentant holatda koordinatsiyalangan.