Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK YILLARIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINING IJTIMOIY-ETNOLOGIK JIHATLARI (DENOV TUMANI MISOLIDA)

Ayollar tadbirkorligi, etnologiya, gender, milliy qadriyatlar, Denov tumani, ijtimoiy faollik, oilaviy tadbirkorlik, mahalla instituti.

Mualliflar

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining Denov tumanida mustaqillik davri ayollar tadbirkorligining paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va ijtimoiy-etnologik qirralari yaxlit holda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot etnologik kuzatuv, yarim tuzilmali intervyu hamda qiyosiy tahlil usullariga tayangan bo‘lib, 2023–2024-yillarda yig‘ilgan dala materiallari ilmiy jihatdan izchil tartibga solingan. Xotin-qizlarning oilaviy biznes, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish va kichik tadbirkorlikdagi ishtiroki milliy qadriyatlar, mahalla instituti hamda avlodlar orasidagi tajriba almashish kontekstida yoritilgan.