Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA PRAGMATIK VA DISKURSIV DARAJADAGI GENDER XUSUSIYATLARI

Pragmatik strategiyalar, nutqiy taktika, intonatsiya, aralashuv, raqamli muloqot, gender identifikatsiyasi, gender-neytral olmoshlar.

Mualliflar

Ushbu ilmiy maqola o‘zbek va ingliz tillarida nutqiy muloqotning pragmatik va diskursiv darajalarida gender xususiyatlarining namoyon bo‘lishi hamda raqamli muloqotda ushbu xususiyatlarning transformatsiyasini qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ikki tilda ayollar va erkaklar nutqidagi pragmatik strategiyalar, taktikalar, hissiyot ifodasi, intonatsiya, suhbatda navbat olish va aralashuv modellarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, shuningdek raqamli muhitda gender identifikatsiyasining o‘zgarish tendensiyalarini ochib berishdir.