Ijtimoiy-gumanitar fanlar

VIRTUAL MUHITNING SHAXSGA TA’SIRI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

virtual muhit, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy munosabatlar, emotsional holat, axborot texnologiyalari, onlayn muloqot, psixologik moslashuv, stress, raqamli dunyo, yosh xususiyatlari, virtual reallik, internetga qaramlik, psixoprofilaktika

Mualliflar

  • Xusainboy BEKCHANOV Dotsent, PhD, Urganch davlat universiteti, Urganch, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Shirin YOQUBOVA Magistrant, Urganch davlat universiteti, Urganch, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada virtual muhitning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning shaxs psixologiyasiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy
ta’sirlari tahlil qilingan. Xususan, raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi natijasida insonlarning fikrlash tarzi, emotsional
holati, ijtimoiy munosabatlari va o‘z-o‘zini anglashi qanday o‘zgarayotgani psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Maqolada
yoshga oid farqlar, individual xususiyatlar va shaxsning virtual dunyoga moslashuv darajasi kabi omillar alohida ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, virtual muhitda yuzaga keladigan psixologik muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
Tadqiqot natijalari virtual muhit bilan ishlovchi mutaxassislar — psixologlar, pedagoglar va ota-onalar uchun foydali bo‘lishi
mumkin