Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QORA TUYNUK ATROFIDA PLAZMA MAVJUDLIGIDA GRAVITATSION LINZALANISH JARAYONINING TAHLILI

Gravitatsion linzalanish, qora tuynuk, plazma muhiti, yorug‘lik og‘ishi, foton trayektoriyasi, Shvartsshild metrikasi, tasvirni kattalashtirish.

Mualliflar

  • Voxid HAMIDOV O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, PhD, Uzbekistan
  • Diyor RASHIDOV “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Huzuridagi Fundamental va Amaliy Tadqiqotlar Instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Maqolada shvartsshildsimon qora tuynuk atrofidagi plazma muhiti mavjudligida yorug‘lik nurlarining gravitatsion linzalanishi
muammosi tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi kompakt astrofizik obyektlarning kuzatuv ma’lumotlarini aniqroq talqin qilish
zarurati bilan bog‘liq. Tadqiqotning metodologik asosi kuchsiz gravitatsion maydonni yaqinlashtirish va bir jinsli plazmaning
fotonlar trayektoriyasiga ta’sirini tahlil qilishdan iborat. Plazma yorug‘likning og‘ish burchagini o‘zgartirishi va manba tasvirining
kattalashishiga ta’sir qilishi aniqlangan. Ishning ilmiy ahamiyati gravitatsion linzalanishni modellashtirishda plazma muhitining
rolini aniqlashtirishdan iborat.