Tabiiy fanlar

ELEKTROKIMYOVIY O‘YISH JARAYONIDA KREMNIY SIRT MORFOLOGIYASINING SHAKLLANISHI

G‘ovakli kremniy, morfologiya, mikrog‘ovakli kremniy, HF kislotasi, elektrokimyoviy o‘yish.

Mualliflar

  • Abdugafur MAMADALIMOV Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi, Uzbekistan
  • Nilufar KHAKIMOVA Kondensirlangan muhitlar fizikasi labaratoriyasi katta ilmiy xodimi, PhD, O‘zMU huzuridagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Dilshod KHAZRATOV Tayanch doktorant, O‘zMU huzuridagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan
  • Mokhida ISMATOVA Stajyor-tadqiqotchi O‘zMU huzuridagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston., Uzbekistan
  • Durdona AZIMOVA Magistr, О‘zbеkistоn Milliy univеrsitеti Fizika fakulteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Nasiba MURTAZOYEVA Uchtepa tumani 123-ixtisoslashgan maktab Oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Nursulton QUSHBOQOV Kondensirlangan muhitlar fizikasi labaratoriyasi laboranti, O‘zMU huzuridagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada anodik oʻyish usuli yordamida gʻovakli kremniy qatlamlarini olish texnologiyasi batafsil bayon etilgan. Tadqiqot davomida elektrokimyoviy oʻyish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy texnologik parametrlar, jumladan, HF kislotasi asosidagi elektrolit tarkibi, oqim zichligi, kuchlanish qiymati hamda oʻyish muddati tizimli ravishda tahlil qilingan. Shuningdek, kremniy plastinasining kristallik holati gʻovakli strukturaning shakllanishiga qay darajada ta’sir koʻrsatishi koʻrib chiqilgan. Olib borilgan eksperimentlar natijasida gʻovaklarning diametri, chuqurligi va qatlamning bir jinsliligi kabi muhim morfologik koʻrsatkichlarni aniq boshqarish imkonini beruvchi optimal texnologik rejimlar aniqlandi. Tadqiqot yakunida olingan ma’lumotlar asosida gʻovakli kremniy hosil qilish jarayonini barqarorlashtirish hamda ushbu usulni sanoat ishlab chiqarishiga tatbiq etish boʻyicha zaruriy texnologik tavsiyalar ishlab chiqilgan